Maxfiylik siyosati
TUZ — karta o'yini · yangilangan: 2026-11-07
Qanday ma'lumotlar saqlanadi
- O'yin hisobi: ilova yaratgan o'yinchi ID raqami va maxfiy kalit (token), siz tanlagan ism, user (@nom), avatar yoki o'zingiz yuklagan profil rasmi.
- O'yin ma'lumotlari: kreditlar, tangalar, o'yinlar soni, g'alabalar, reyting, sovg'alar va vazifalar holati, kredit/tanga o'zgarishlari tarixi, do'stlar ro'yxati.
- Hisobni saqlash (ixtiyoriy): «Google bilan saqlash» ni bossangiz — Google hisobingiz ID raqami va e-mail manzili (faqat hisobingizni boshqa telefonda tiklash uchun; parolingizni ko'rmaymiz). Zaxira kod — serverda hisobingizga bog'lab saqlanadi. iPhone'da — «Apple bilan davom etish»: Apple bergan anonim foydalanuvchi ID raqami (ism va e-mail so'ralmaydi); hisobingiz o'chirilsa, Apple'dagi bog'lanish ham bekor qilinadi.
- Xabarlar: o'yinchilar bilan shaxsiy suhbat va guruhlarda yozgan xabarlaringiz, stikerlar, yuborgan suratlaringiz, reaksiyalaringiz (shaxsiy suhbatda oxirgi 2 000 tasi, guruhda oxirgi 600 tasi) — suhbatdoshlar yoki guruh a'zolari ko'radi. Xabarlar serverda shifrlanmagan holda saqlanadi: xavfsizlik, shikoyatlar va qoidabuzarliklarni tekshirish uchun o'yin ma'muriyati (dasturchi) ularni ko'rishi mumkin; shikoyat qilinsa, tekshirish uchun xabarlar nusxasi saqlanadi. Bu ilovada birinchi xabardan oldin aytiladi. Istalgan o'yinchini bloklashingiz mumkin.
- O'yinni kuzatish (xavfsizlik): firibgarlik, til biriktirish (kelishib o'ynash), xatolar va shikoyatlarni tekshirish uchun o'yin ma'muriyati (dasturchi) onlayn o'yinlarni stolda ko'rinmasdan kuzatishi mumkin — stol holati, shu jumladan o'yinchilarning kartalari. Kuzatuvchi o'sha o'yinda qatnashmaydi, o'yinga ta'sir qilmaydi va bu ma'lumotni hech kimga bermaydi. Har bir ko'rish (chat, guruh yoki o'yin) ichki jurnalda qayd etiladi. Yangi ma'lumot yig'ilmaydi — o'yin serveri stol holatini baribir o'yinni o'tkazish uchun biladi.
- TUZ KANALI: o'yin yangiliklari va e'lonlari — hamma o'yinchiga ko'rinadi; qaysi xabarni ko'rganingiz (o'qildi belgisi va ko'rishlar soni) va qo'ygan reaksiyangiz saqlanadi.
- Bildirishnomalar: do'stingiz sizni o'yinga chaqirganda xabar yuborish uchun Firebase Cloud Messaging tokeni va Firebase o'rnatish identifikatori (ruxsat bersangiz); iPhone'da — Apple Push Notification service (APNs) qurilma tokeni.
- Xaridlar: Google Play orqali tanga sotib olinsa — xaridni tekshirish uchun xarid tokeni. Karta ma'lumotlaringizni biz ko'rmaymiz — to'lovni Google qiladi. iPhone'da — App Store orqali: Apple imzolagan xarid ma'lumoti (tranzaksiya raqami va mahsulot) tekshiriladi, to'lovni Apple qiladi.
- Reklama: ilovada Google AdMob mukofotli reklamasi bor (faqat o'zingiz bossangiz ochiladi). AdMob reklama identifikatori, qurilma ma'lumotlari, IP manzil (taxminiy joylashuv uchun) va reklama bilan bog'liq harakatlarni o'z maxfiylik siyosati asosida yig'ishi va ishlatishi mumkin.
- Texnik ma'lumot: server xatolarini topish uchun qisqa muddatli yozuvlar (vaqt, o'yinchi ID, xona raqami); ilovadagi xato va sekinlashish haqida qisqa hisobot (xato matni, ilova versiyasi, ekran nomi, telefon va tizim turi); o'yinga kirgan kunlaringiz (qaytish statistikasi). Bular faqat o'yinni tuzatish va yaxshilash uchun.
- Fikrlar: «Fikr bildirish» orqali yuborgan bahoyingiz va izohingiz (ismingiz bilan) — o'yinni yaxshilash uchun.
Nima uchun
O'yinni ishlatish (onlayn o'yin, stol topish, do'stlar, chaqiruvlar, faxriy taxta), firibgarlikning oldini olish va o'yinni yaxshilash uchun.
Kim ko'radi va kimga beriladi
Ismingiz, user'ingiz, avatar yoki profil rasmingiz, darajangiz va faxriy taxtadagi natijalaringiz boshqa o'yinchilarga ko'rinadi. Boshqa ma'lumotlar faqat o'yin serverida (va uning shifrlangan zaxira nusxalarida) turadi va sotilmaydi. Xizmat ko'rsatuvchilar: Hetzner (server), Google Firebase (bildirishnomalar, Google bilan kirish), Google AdMob (reklama), Apple (iPhone'da: Apple bilan kirish, bildirishnomalar, App Store xaridlari), Telegram (shifrlangan zaxira nusxa). Nomaqbul profil rasmi yoki xabar haqida o'yinchilar shikoyat qilishi mumkin — shikoyat ko'p bo'lsa rasm yashiriladi, qoidabuzarlar cheklanadi.
Saqlash va himoya
Ma'lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS/WSS) orqali uzatiladi va Germaniyadagi serverda (Hetzner) saqlanadi. Zaxira nusxalar (serverda va shifrlangan holda Telegram'da) 7 kungacha saqlanadi.
Hisobni o'chirish
Ilovada: Sozlamalar → Hisobni o'chirish. Ilova o'chirilgan bo'lsa — bu sahifa orqali so'rov yuboring. Hisob va unga bog'liq barcha ma'lumotlar (rasm, do'stlar, tarix) o'chiriladi; zaxira nusxalardan 7 kun ichida ketadi.
Bolalar
O'yin 18 yoshdan katta o'yinchilar uchun mo'ljallangan. O'yindagi kredit va tangalar haqiqiy pulga almashtirilmaydi va pul yutib bo'lmaydi.
O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifa yangilanadi.
Aloqa: officialxusniddin@gmail.com
Политика конфиденциальности
TUZ · обновлено: 2026-11-07
Мы храним только данные, нужные для работы игры: ID игрока и токен, имя, @user, аватар или загруженное вами фото профиля, игровые данные (кредиты, монеты, рейтинг, история изменений, друзья), токен уведомлений Firebase (с вашего разрешения), на iPhone — токен устройства Apple Push Notification service (APNs), переписка с другими игроками в личных чатах и группах, отправленные фото и реакции (последние 2 000 сообщений в диалоге, 600 — в группе); сообщения хранятся на сервере в незашифрованном виде, и для безопасности, проверки жалоб и нарушений администрация игры (разработчик) может их просматривать — об этом сообщается в приложении перед первым сообщением; при жалобе копия сохраняется для проверки; для проверки мошенничества, договорной игры, ошибок и жалоб администрация может незаметно наблюдать за онлайн-партиями — состоянием стола, включая карты игроков (наблюдатель не участвует в партии, не влияет на игру и никому не передаёт эти сведения; каждый просмотр чатов, групп и партий фиксируется во внутреннем журнале; новые данные при этом не собираются — сервер и так знает состояние стола, чтобы проводить игру); в «TUZ KANALI» — какие публикации вы просмотрели и ваши реакции, ID и e-mail аккаунта Google и резервный код (только если вы сохранили аккаунт — для восстановления на другом телефоне), токены покупок Google Play; на iPhone — подписанные Apple данные покупки App Store (номер транзакции и товар); при входе через «Продолжить с Apple» — анонимный ID пользователя Apple (имя и e-mail не запрашиваются; при удалении аккаунта связь с Apple отзывается); технические отчёты об ошибках и зависаниях приложения (текст ошибки, версия, экран, тип телефона и системы) и дни входа в игру (статистика возвращений); оценки и отзывы, отправленные через «Fikr bildirish». Номер телефона, контакты и геолокация не собираются. Реклама — Google AdMob (см. политику Google). Поставщики: Hetzner, Google (Firebase, AdMob), Apple (на iPhone: вход, уведомления, покупки), Telegram. Данные хранятся на сервере в Германии (Hetzner), передаются по HTTPS/WSS, резервные копии (на сервере и в зашифрованном виде в Telegram) — до 7 дней. Удаление аккаунта: в игре «Sozlamalar → Hisobni o'chirish» или через эту страницу. Игра предназначена для лиц старше 18 лет; кредиты и монеты нельзя обменять на реальные деньги.
Связь: officialxusniddin@gmail.com
Privacy Policy
TUZ — card game · updated: 2026-11-07 · developer: Xabibullayev
We store only the data needed to run the game: player ID and secret token, your chosen name, @username, avatar or the profile photo you upload; game data (credits, coins, games, wins, rating, gifts and tasks, history of credit/coin changes, friends list); chat messages, stickers, photos and reactions you send to other players in private chats and groups (last 2,000 per conversation, 600 per group) — messages are stored on our server unencrypted, and the game's administration (the developer) may view them for safety and to review reports and rule violations; the app tells you this before your first message; when a message is reported, a copy is kept for review; to investigate cheating, collusion, bugs and reports, the administration may observe online games without being shown at the table — the table state, including players' cards (the observer does not take part in that game, does not affect it and does not share this information with anyone; every view of chats, groups and games is recorded in an internal log; no additional data is collected — the server already knows the table state in order to run the game); in the "TUZ Channel" — which posts you viewed and your reactions; Firebase Cloud Messaging token and Firebase installation ID (only if you allow notifications); on iPhone — the Apple Push Notification service (APNs) device token; Google account ID and e-mail and a backup code (only if you choose "Save with Google" — to restore your account on another phone); Google Play purchase tokens (if purchases are added); on iPhone — App Store purchase data signed by Apple (transaction ID and product); with "Continue with Apple" — the anonymous Apple user ID (we do not request your name or e-mail; when you delete your account, the Apple link is revoked); short technical reports about app errors and slowdowns (error text, app version, screen, phone and system type) and the days you open the game (return statistics); ratings and comments you send with "Fikr bildirish" (feedback). We do not collect your phone number, contacts, precise location or photo gallery (except the photo you pick). Data is not sold.
Advertising: the app shows Google AdMob rewarded ads only when you tap to watch one. AdMob may collect the advertising ID, device information, IP address (approximate location) and ad interactions under Google's privacy policy.
Who sees and processes data: your name, @username, avatar/photo, level and leaderboard results are visible to other players. Service providers: Hetzner (server, Germany), Google Firebase (notifications, Google sign-in), Google AdMob (ads), Apple (on iPhone: Sign in with Apple, notifications, App Store purchases), Telegram (encrypted backup copy). Data is sent over encrypted connections (HTTPS/WSS); backups (on the server and an encrypted copy in Telegram) are kept up to 7 days.
Account deletion: in the app — Settings → "Hisobni o'chirish" (Delete account), or via this page. The account and all related data (photo, chats, friends, history) are deleted. The game is intended for players 18+; credits and coins cannot be exchanged for real money.
Contact: officialxusniddin@gmail.com